Moldova Bosh vaziri Natalya Gavrilitsa iste’fo berdi

Olam

image

Moldova Bosh vaziri Natalya Gavrilitsa bugun, 10 fevral kuni Bosh vazirlik lavozimini tark etishini e’lon qildi, bu konstitutsiyaga ko‘ra, vazirlar mahkamasining iste’fosini anglatadi. 

“Bir yarim yil Bosh vazir lavozimida ishlaganimdan so‘ng, iste’foga chiqishim haqida e’lon qilish vaqti keldi”, deydi Gavrilitsa brifingda va o‘z qarori sabablarini aytishdan bosh tortdi.  

U o‘z nutqida Vazirlar Mahkamasining korrupsiyaga qarshi kurash, Yevropa integratsiyasi,adliya tizimini isloh qilish,  energetika inqirozi va mintaqadagi murakkab vaziyatga qarshi kurashish sohasidagi yutuqlariga to‘xtaldi. 

Bosh vazirning brifingidan avval Prezident Mayya Sandu ma’muriyatida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan, unda hukumat a’zolari hamda parlamentni nazorat qiluvchi Yevropaparast Harakat va birdamlik partiyasi vakillari ishtirok etdi. 

Moldova Prezidenti Mayya Sandu Bosh vazir Gavrilitsa boshchiligidagi mamlakat hukumati iste’fosini qabul qilgan.  

“Bosh vazir Natalya Gavrilitsa iste’fosini qabul qildim. Huquqiy tartib-qoidalardan so‘ng, Bosh vazir iste’foga chiqqanidan keyin parlamentdagi fraksiyalar bilan maslahatlashaman, so‘ngra Bosh vazir lavozimiga nomzod ko‘rsataman”, deb yozdi Sandu Facebook’dagi sahifasida. 

Natalya Gavrilitsaboshchiligidagi hukumat 2021 yil avgust oyida muddatidan oldin saylovlarda g‘alaba qozongan Yevropaparast Harakat va birdamlik partiyasi tomonidan tuzilgan edi. 2022 yil iyun oyida Moldovada muxolifat namoyishlari boshlandi. Mitinglarda so‘zga chiqqan fuqarolar gaz va boshqa energetika resurslari, yoqilg‘i, oziq-ovqat narxlarining misli ko‘rilmagan darajada oshganidan, shuningdek, turmush darajasi pasayib borayotganidan norozi. Rasmiylar muxolifat vakillariga siyosiy bosim o‘tkazgani uchun ham tanqid qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Natal'ya Gavrilitsa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar