Moldova BMT orqali Rossiya qo‘shinlarini chiqarib yubormoqchi

Olam

image

Moldova BMT platformasi yordamida Rossiya harbiylarini Dnestryani (Pridnestrove) hududidan chiqarishga chaqirmoqda, chunki u mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishni xohlaydi. Bu haqda respublika Bosh vaziri Natalya Gavrilitsa ma’lum qildi.

2018 yil iyun oyida BMT Bosh Assambleyasi Rossiyani Dnestryanidagi qo‘shinlarini olib chiqib ketishga chaqirgan, rezolyutsiyani 64 davlat qo‘llab-quvvatlagan, 14 davlat qarshi chiqqan, yana 83 davlat betaraf qolgan. Avvalroq Moldova Prezidenti Mayya Sandu bir necha bor Dnestryanidagi o‘q-dorilar omborini qo‘riqlayotgan Rossiya harbiylarini olib chiqib ketishga chaqirgan edi.

“Moldova BMT platformasidan rossiyalik harbiylarni Moldovaning Dnestryanidagi hududidan olib chiqib ketilishini so‘rab, mintaqada tan olinmagan rejim tomonidan nazorat qilinayotgan inson huquqlarining buzilishiga e’tibor qaratmoqda. BMT rezolyutsiyalarida bu mavzularning mavjudligi Pridnestrove mojarosini jahon hamjamiyatining kun tartibida ushlab turadi”, degan Gavrilitsa brifingda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kishinyov mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishni istaydi, bu esa mamlakatni barcha fuqarolar manfaati uchun rivojlantirish imkonini beradi.

Tan olinmagan Dnestryani Moldova respublikasi 1992 yil 7 iyul kuni Moldova va Pridnestrove hududidagi ayirmachi kuchlar o‘rtasida ziddiyat avj olishi ortidan tashkil topgan. Mojaro avj olganda Rossiya o‘rtaga tushib, Moldova hukumati bilan nizoni tinch yo‘l orqali hal qilish uchun kelishuv imzolagan. Tez orada Rossiya harbiylari “tinchlikparvar kuchlari” nomi ostida Benderi va Dubossariga kiritilgan. 1992 yil 2 avgust kuni Rossiya qoziligida ikki tomon o‘zaro kelishuvga erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

396

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing