“Modera Towers” TJMdan aksiya — intererning dizayn loyihasi sovg‘a qilinadi
Biznes
−
15 Oktabr 2021
4150Rezidensiya o‘z aholisi uchun koshona shart-sharoitlar: majmuaning aynan o‘zida joylashgan SPA-hududi, suzish havzalari hamda fitnes-klubini taklif etadi.
Ajoyib oqshomlar ortidan go‘zal tonglar otishini kuzatish, 24 ta qavatdan iborat ikki nafar minoraning panoramali derazalari ortidan shaharning hashamatli manzaralarini tomosha qilish — buning barchasi, “ModeraTowers” majmuasi haqida. Talabchan, nozik ta’b xaridorlar, o‘ziga xos, muhimi, betakror, boshqalarnikiga o‘xshamaydigan kvartiralar sohibi bo‘lishga intiladilar. Mazkur majmuadagi barcha mayda tafsilotlargacha, hatto, har bir detal professional dizayner tomonidan sinchkovlik bilan puxta o‘ylab chiqilgan bo‘lib, yuqori sifatli materiallardan bunyod etilgandir. Turkiyaning yetakchi me’morchilik kompaniyasi bo‘lgan “Sözüneri Architects”, bosh pudratchi “Koç Construction” ishtirokida hamda Fransiyaning “Bureau Veritas” kompaniyasining texnik nazorati ostida o‘zaro hamkorlik qilib, loyiha dizayni ustida ish olib borganlar.
Sport bilan shug‘ullanish uchun uydan tashqariga chiqish aslo shart emas. Majmuaning 5-qavatida ko‘rkam dizaynga ega va innovatsion uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy fitnes klubi joy olgan. Zamonaviy filtrlash tizimiga ega yopiq va ochiq suv havzalarining mavjudligi tufayli esa, majmuada istiqomat qiluvchi aholi butun yil davomida suvda suzish bilan shug‘ullanish ikoniga ega bo‘ladilar. Majmuada, shuningdek, yuz va tanani parvarish qilish bo‘yicha turli xil xizmat turlarini o‘z ichiga olgan SPA hududi ham mavjud bo‘lib, ushbu maskan dam olish, a’lo kayfiyat va go‘zallik uchun ajoyib go‘sha bo‘la oladi. Majmuada o‘z vaqtini qadrlashga o‘rgangan muvaffaqiyat cho‘qqisidagi insonlar uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan.
Tongda yugurishga chiqish, shinam shiyponchada qahva ichish, do‘stlar bilan diydorlashish, yoga bilan shug‘ullanish yoki bolalar bo‘sh vaqtlarini chog‘ o‘tkazishlari uchun — hovlida mustahkam 30 metrli stilobatda, puxta o‘ylab ishlangan o‘yin maydonchasi va dam olish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Uy -joyni tanlashda xavfsizlik masalasi, birinchi navbatda turadi. Aynan shu sababli, majmua rezidentlari o‘zlarini xavfsiz xis etishlari uchun, butun hudud bo‘ylab doimiy ravishda video kuzatuvni amalga oshiruvchi kameralar o‘rnatilgan, professional boshqaruv kompaniyasining nazorati ostiga olingan, kundalik maishiy yumushlar hamda yurish masofasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan barcha ob’ektlar esa, aholining xotirjamligini va oilalarning farovonligini ta’minlashga imkon beradi.
Xaridorlar 6-22-qavatlardagi 24 kv metr maydonli shinam studiyalardan tortib, so‘nggi qavatda joylashgan, alohida hilvat terassalarga ega bo‘lgan 200 m² maydonli premium-toifali pentxauslardagi xohlagan kvartiralardan birini tanlab olishlari mumkin. Qulay va puxta o‘ylangan rejalashtirish har qanday did va tasavvurdagi g‘oyalarni amalga oshirishga imkon beradi.
Mazkur majmuada kelajakda istiqomat qiluvchilar o‘z uy-joylarining dizayni borasida uzoq o‘ylab o‘tirishlariga ehtiyoj yo‘q, chunki premium-toifali kvartiralarga qo‘shimcha ravishda xaridorlar, yetakchi mutaxassislar tomonidan taqdim etiladigan, individual tarzda tayyorlab beriluvchi, rezidentning barcha istaklarini inobatga olgan holda ishlangan intererning dizayn-loyihasiga ham ega bo‘lishlari mumkin. Bu, “Modera Towers” elita TJMning yana bitta ajoyib afzalliklaridan biridir.
Murojaat uchun telefon:
+998940007777 +998990700777 +998900320777
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Reklama huquqi asosida.
LiveBarchasi