Mobiuz “Cheksiz muloqot yarim narxda” aksiyasini taqdim etmoqda

Biznes

image

"Xotirjam" tariflariga ulanganlar 3 oy davomida abonent to‘loviga 50% chegirma hamda chiroyli raqamlarga ham chegirmalar olishadi.

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Mobiuz mobil operatori barchaga bayramona kayfiyat hadya etmoqda va uni fevral oyi oxirigacha davom ettirishga tayyor.

2025 yil 13 yanvardan 28 fevralgacha bo‘lgan davrda Xotirjam 60, Xotirjam 80 va Xotirjam 100 tarif rejalariga ulangan yangi abonentlar noyob imkoniyatdan foydalanishlari mumkin – dastlabki uch oy mobaynida ular abonent to‘loviga 50% chegirma olishadi.

"Cheksiz muloqot yarim narxda!" aksiyasi yangi abonentlar uchun mo‘ljallangan. U muloqot, ish va dam olish uchun qulay sharoitlarni taklif etuvchi “Xotirjam” tarif rejalarining afzalliklarini baholash imkonini beradi. Aksiya nafaqat xarajatlarni tejash, balki mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish tajribasini yanada yaxshilash uchun ajoyib imkoniyatdir.

"Xotirjam 60" qulayliklari: 35 000 MB, cheksiz qo‘ng‘iroqlar va ijtimoiy tarmoqlar, 3 000 ta SMS. Foydalanishning dastlabki uch oyida abonent to‘lovi oyiga 30 ming so‘m.

"Xotirjam 80" qulayliklari: 80 000 MB, cheksiz qo‘ng‘iroqlar va ijtimoiy tarmoqlar, 3 500 ta SMS. Foydalanishning dastlabki uch oyida abonent to‘lovi oyiga 40 ming so‘m.

"Xotirjam 100" qulayliklari: 200 000 MB, cheksiz qo‘ng‘iroqlar va ijtimoiy tarmoqlar, 5 000 ta SMS. Foydalanishning dastlabki uch oyi davomida abonent to‘lovi oyiga 50 ming so‘m.

Ushbu va boshqa tarif rejalariga ulanishda abonentlar har qanday toifadagi chiroyli raqamlarga 70% dan 80% gacha chegirmalarga ega bo‘lishadi!

Mobiuz ishonch bilan aytadi: "Ko‘proq suhbat - kamroq xarajat!" Aksiyada ishtirok etish uchun abonentlar fevral oyining oxirigacha istalgan kuni Mobiuz'ga ulanishlari kerak:

- kompaniyaga qarashli ofislarda,
- yoki dilerlarning savdo nuqtalarida;
- yoki mobil ilovada eSIM'ni faollashtirish orqali.

Abonent to‘loviga 50% chegirma ulanish vaqtidan boshlab roppa-rosa uch oy amal qiladi. Uch oy o‘tgach, abonent to‘lovi tanlangan tarif rejasi shartlariga muvofiq to‘liq hajmda belgilana boshlaydi.

Batafsil ma’lumot www.mobi.uz saytida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing