MO davlatlari, Turkiya va Gruziya temiryo‘l tashish hajmini oshirmoqchi
Jamiyat
−
16 noyabr 2023
2343CASCA+ (Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Turkiya) xalqaro multimodal transport va tranzit yo‘nalishida ishtirok etuvchi davlatlarning temiryo‘l idoralari rahbarlari Ashxobodda yuk tashish hajmini oshirish masalalarini muhokama qildilar. Bu haqda “Neytral Turkmaniston” rasmiy gazetasi xabar berdi.
Nashrning yozishicha, yig‘ilishda Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston va Turkmanistonning tarmoq vazirliklari va tegishli idoralari, shuningdek, logistika kompaniyalari va korxonalari delegatsiyalari ishtirok etgan.
Qayd etilishicha, yo‘nalishning ikki dengiz va ko‘plab mamlakatlar hududidan o‘tuvchi multimodalligi mazkur yo‘lak imkoniyatlaridan samarali foydalanish imkonini beradi. Yo‘nalish ishga tushirilgan 2019 yildan buyon 30 mingga yaqin konteyner tashilgan. Tadbir ishtirokchilari joriy yilda konteyner tashish hajmini 30 ming konteynerga yetkazishni maqsad qilganini qayd etdi. Ularning fikricha, bu “Shimol-Janub” va “Sharq-G‘arbiy” transport yo‘laklari bo‘ylab tashishni faollashtirish va tovarlar turini kengaytirishga ham xizmat qiladi.
CASCA+ yo‘nalishi 2019 yilda Toshkentda ushbu mamlakatlar davlat temiryo‘llari rahbarlarining yig‘ilishida yaratilgan edi. Turkiya loyihaga 2021 yil dekabr oyida qo‘shilgan. Yo‘nalish nomidagi "+" belgisi marshrut bo‘ylab tashishdan manfaatdor bo‘lgan yangi potensial ishtirokchilarni qabul qilishga tayyorligini bildiradi, uning yakuniy maqsadi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari, xususan, Xitoyni Yevropa bilan bog‘lashdir.
LiveBarchasi