MMA jangchisi Akmal Hojiyev AQSHda shifokorni o‘ldirib qo‘ydi 

Olam

image

AQSH politsiyasi shifokorni o‘ldirishda gumonlanayotgan aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha rossiyalik jangchi Akmal Hojiyevni hibsga oldi. Bu haqda “Interfaks” yozmoqda.

Tergov shuni ko‘rsatdiki, hodisa koronavirusga qarshi emlash zarurati bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli sodir bo‘lgan. Ko‘tarilgan bahs oxir-oqibat emlashga qarshi bo‘lgan Hojiyevning tajovuzkor harakatlariga olib kelgan.

Qayd etilishicha, jangchi va shifokor Miran Ribati o‘rtasida do‘stona munosabat bo‘lgan, ular bir sport zalida shug‘ullangan. Qotillik Hojiyevning uyida sodir bo‘lgan, bunga sportchining onasi va singlisi guvoh bo‘lgan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Hojiyev shifokorga orqadan hujum qilib, uni bo‘g‘a boshlagan. Jangchi Ribatini polga yiqitib, uni harakatsizlantirgan. Guvohlar politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, Hojiyevni to‘xtatmoqchi bo‘lgan. Keyin sportchi o‘rnidan turib oshxonaga kirgan va u yerda tushlikdan keyin qolgan suyakni olgan. U bu suyak bilan shifokorni bir necha marta urgan.

Guvohning so‘zlariga ko‘ra, bir vaqt Ribati o‘rnidan turishga muvaffaq bo‘lgan va yashirinishga uringan. Biroq, Hojiyev unga yetib olib, pichoq bilan urgan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar sportchini Ribatining jasadi yonidan topgan. Jangchi qilgan ishini darhol tan olgan.

MMA Junkie’ning qayd etishicha, Hojiyev 1 million dollar garov evaziga ozod etilishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, 27 yoshli Hojiyev MMA bo‘yicha professional janglarda to‘rtta jang o‘tkazib, uchtasida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3288

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing