MXX sobiq rahbari o‘ldirilmagan, o‘zini o‘ldirgan

Jamiyat

image

Armaniston Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq direktori Georgiy Kutoyan shaxsiy motiv sababidan o‘z joniga qasd etgan. Bu haqda mamlakat Tergov qo‘mitasi rahbari Ayk Grigoryan ma’lum qilmoqda.

“Kutoyanning rafiqasi Asmik Bisharyan bizga ariza yo‘lladi. Unda biz voqea haqida ularning ruxsatisiz hech qanday ma’lumot bermasligimiz so‘ralgan edi. Ushbu arizadan kelib chiqib shuni aytish mumkin-ki, suiqasd shaxsiy motiv sababidan ro‘y bergan”, degan Grigoryan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 yanvar kuni Georgiy Kutoyanning jasadi Yerevandagi kvartirasidan o‘qotar qurol jarohatlari bilan topilgan edi

Armaniston Tergov qo‘mitasining matbuot kotibi Naira Arutyunyan bergan ma’lumotlarga ko‘ra, jasaddan zo‘ravonlik izlari topilmagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

474

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing