Mijozlarga muhabbat ila: NRG Uzbekistan o‘z mijoziga xonadon sovg‘a qildi

Biznes

photo_2023-11-21_10-07-52

O‘zbekistonning eng yirik developerlaridan biri o‘z mijozlari uchun yangi “NRG Zamon” turar joy majmuasidagi xonadon, kurort-mamlakatga ikki kishilik yo‘llanma va maishiy texnikani yutib olish imkonini beruvchi tadbir o‘tkazdi. Yilning eng ahamiyatli yutug‘ini kim qo‘lga kiritgani va boshqa g‘oliblar haqida ushbu reportajimizdan bilib olishingiz mumkin.

19 noyabr kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida uzoq kutilgan “NRG Magic” bo‘lib o‘tdi. Kompaniyaning 600 dan ziyod mijozlari, do‘stlari va hamkorlari aziz mehmonlar bo‘ldilar. Ulardan ko‘pchiligi NRG'dan xonadon yoki ofis sotib olishgan bo‘lib, ko‘chmas mulk qiymatining 30 foizi miqdorida birlamchi badal kiritgan edilar.

“Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasining “Ballroom” zali bir oqshom fusunkorlik va yaqinlashib kelayotgan mo‘’jiza hissiga to‘ldi. Mehmonlarning boshi uzra bepoyon yulduzli osmon yastandi, u chegaralar yo‘qligi va imkoniyatlar cheksizligini anglatardi.

Qutlov so‘zi bilan NRG, “Nest One” hammuassisi, “Murad Buildings” muassisi Murod Nazarov chiqish qildi:

Men qadrli mijozlarimiz uchun tashkil etilgan ushbu unutilmas “NRG Magic” oqshomining har bir mehmonini qutlashdan mamnunman. Ko‘pchilik uchun bu birinchi tadbir va NRG'dan birinchi ko‘chmas mulk sotib olinishi emas. Sizlar kompaniyamiz uchun qurilish – bu nafaqat loyihalar namoyishi, balki xaridor bilan hissiy aloqa o‘rnatilishi, uning istaklarini anglash, alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik ifodasi ekanini bilasiz. Biz shunchaki bino qurmaymiz – biz yashash va ishlash uchun makonlar bunyod etamiz, u yerda hayotingizning eng muhim lahzalari o‘tadi: farzandlaringiz ulg‘ayib, biznesingiz rivojlanadi. Sizlarga, NRG sifati va qulaylik darajasini tanlash orqali, bizga ko‘rsatayotgan ishonchingiz uchun minnatdorlik bildiraman. Biz doimo sizning ishonchli do‘stingiz va ishonsa bo‘ladigan hamkoringiz bo‘lib qolamiz.

Shundan so‘ng, aksiya g‘oliblarini tabriklash va oqshom mehmonlariga xursandchilik ulashish uchun Munisa Rizayeva va Rayhon o‘z ijod namunalari bilan tashrif buyurdilar. NRG mehmonlarni oqshomning ilk lahzalaridan to oxirgi daqiqalarigacha mehribonlik og‘ushiga oldi. Kichkintoylari bilan kelganlar uchun tashkilotchilar bolalarga bag‘ishlangan ko‘ngilochar dastur uyushtirdilar.

Yaratilgan bayramona muhit NRG mijozlariga kundalik tashvishlardan xalos bo‘lib, go‘zal oqshomdan va qiziqarli insonlar suhbatidan zavqlanish imkonini berdi. Bu fusunkor oqshom quvonch, tabassum va yoqimli syurprizlarga boy bo‘ldi. Har bir mehmon o‘zini poytaxtdagi turar joy xaridorigina emas, balki kompaniyaning yaqin do‘sti va hamkori ham ekanligini his etdi.

Mehmonlar alohida hayajon bilan yutuqlar o‘ynalishini kutardi. Developer yutuqlar o‘ynalishiga puxta o‘ylangan yondashuvni namoyon etdi. Har bir kishi umrida bir marta bo‘lsa ham, keraksiz sovrinni qo‘lga kiritgan. Masalan, yangi uy olgan kishida allaqachon sovutgich bor bo‘lsa, yana bittasining nima keragi bor? Shu sababli NRG maishiy texnika emas, balki uning uchun 3 mln so‘mdan 17 mln so‘mgacha bo‘lgan sertifikatlarni o‘ynadi. G‘oliblar barcha kerakli jihozlarni Bosch firma do‘konlaridan sotib oladilar.

Ikkinchi mukofot kurort mamlakatga ikki kishilik yo‘llanma bo‘ldi. 2024 yilni iliq dengizga sayohatdan boshlash – NRG'ning Miraziz Azizovga qilgan unutilmas sovg‘asi mana shunday bo‘ldi. G‘olib aynan qaysi mamlakatga yo‘l oladi? Buni uning o‘zi hal qiladi, chunki har kimning o‘z orzusidagi sayohati mavjud. 

Miraziz Azizov, aksiya g‘olibi:

“Maftun Makon”da ikkita xonadon sotib olib, o‘yin qatnashchisi bo‘ldim. Xaridni investitsiya maqsadida amalga oshirdim – xonadonlarni ijaraga beraman va passiv daromadga ega bo‘laman. Aynan NRG'ni tanladim, chunki qurilish sifati yoqadi, TJMning o‘zi ham ma’qul keldi. O‘zbekistondagi eng yaxshi ob’ektlarni NRG quradi, deb hisoblayman! Hissiyotlar to‘lib-toshgan, yutishimni kutmagandim. O‘z raqamimni eshitganimda, hayratdan toshdek qotdim. Rafiqam qanchalik quvondi! Qishda biror-bir issiq o‘lkaga borishni rejalashtiramiz. Murod aka va NRG'ning barcha xodimlariga sifatli uy qurayotgani va bunday bayram uyushtirgani uchun minnatdorlik bildiraman.

Oqshomning bosh qahramoni “Zamon” TJMda xonadon yutib olgan Natalya Akbarxo‘jayeva bo‘ldi. Istiqbolli hududda joylashgan ushbu majmua arxitekturasining lo‘ndaligi, yopiq xavfsiz hovlisi borligi, metroga yaqinligi va o‘z ko‘li mavjudligi bilan jozibalidir.
Natalya Akbarxo‘jayeva, aksiya g‘olibi:

“Maftun Makon” TJMda xonadon sotib olib, erim bilan NRG mijoziga aylandik. Oqshomga keldik, bu yerda hammasi ajoyib, go‘zal, bayramona! Maishiy texnika o‘ynalayotganda “qanday ajoyib yutuqlar, qaniydi Bosch sertifikatlaridan yutib olsak!” deb o‘yladik. Xonadon o‘ynalishi boshlanganda esa, fikrimiz o‘zgardi: “O, zo‘r! Hozir kimning omadi chopadi!” Lekin men bu baxtli, omadli odamlar o‘zimiz bo‘lishimiz mumkinligini o‘ylab ham ko‘rmagandim. Shunda to‘satdan 230-raqamni e’lon qilishdi! O‘sha paytda men hatto bu raqam bizniki ekanligini ham anglamadim. Erim esa: “Sen xonadon yutib olding”, dedi. Hissiyotlar – bir olam! Allaqachon bu xonadonni qanday qilib bezatish haqida o‘ylayapmiz.

“Zamon” TJMda hayot haqiqatan qulay. Majmuada yashovchilar kalit qidirib, sumka titib yurishmaydi, chunki eshiklarida elektron quflar o‘rnatilgan. Ular uy sohibini kod, barmoq izi yoki SMART-karta orqali taniydi. “Suzuvchi pol” texnologiyasi zarbli shovqin tarqalishidan to‘sadi, shunday ekan, qo‘shnilar bir-birini bezovta qilmaydi.

“Zamon” TJM rezidentlari uchun qulayliklar haqida “NRG Service” professional boshqaruv kompaniyasi qayg‘uradi. Fors-major holatlarda majmua ahli tong otishini kutib o‘tirmaydilar, qo‘llab-quvvatlash 24/7 rejimida ishlaydi. TJMning o‘z menejeri bo‘lib, u har qanday vaziyatda yordamga yetib keladi.

Bu oqshom NRG hech kimni yoqimli sovg‘alarsiz qoldirmadi. Tadbirning barcha mehmonlari NRG turar joy mamjualaridagi xonadonlarga chegirma sertifikatlari va noyob qutlov hadyalariga ega bo‘ldilar.

www.u-nrg.uz saytida aksiyalar haqida ko‘proq ma’lumot olish, shuningdek NRGdan xonadon yoki tijorat maydoni tanlab olish mumkin.

Aloqa uchun:: 1060

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing