Prezident Makron pensiyadan voz kechdi
Olam
−
22 dekabr 2019
4382Fransiyaning amaldagi Prezidenti Emmanuyel Makron hozirdanoq sobiq Prezidentlarga to‘lanadigan pensiyadan voz kechdi. Bu haqda mahalliy nashrlar Hukumatdagi manbaga asoslanib xabar bermoqda.
Makronning Prezidentlik muddati 2020 yilning may oyida tugaydi. Agar u ikkinchi muddatga Fransiya rahbari bo‘lsa, 2027 yilgacha bu lavozimni egallaydi. Biroq Prezidentlik nafaqasining miqdori muddatlar soniga bog‘liq emas. Fransiyada bu nafaqa 1955 yilda tashkil etilgan va 6,22 ming yevroni tashkil etadi.
Manbaning xabar berishicha, Makronning qarori “mamlakatdagi hozirgi vaziyatga muvofiq harakat qilish” istagi bilan oqlandi. Bundan tashqari, kelajakda Prezident pensiyasining amaldagi doimiy stavkasini almashtirish uchun yangisi shakllantiriladi.
LiveBarchasi