Mitsubishi dunyodagi birinchi elektromobilni ishlab chiqarishni to‘xtatadi

Texnologiya

image

Yaponiyaning Mitsubishi Motors konserni ushbu moliya yilining oxiriga qadar (2021 yilning martida tugaydi), umumiy bozorga chiqarilgan dunyodagi birinchi elektr transport vositasi i-MiEV xetchbekini ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi.

Ushbu qarorning sabablari qilib, modelning savdosi pastligi, kompaniyadagi umumiy inqiroz holati va xarajatlarni kamaytirish istagi ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari, Mitsubishi Motors sherigi Nissan ko‘magida yangi elektr transport vositasi ishlab chiqarishi ham mumkin.

i-MiEV besh eshikli xetchbeki 2009 yilda namoyish qilingan va dunyodagi birinchi ommabop elektr transport vositasi bo‘lgan. U 63 ot kuchiga ega elektr dvigatel bilan jihozlangan. Bitta akkumulyator zaryadi bilan 160 km gacha harakatlana olgan.

Mashina Peugeot va Citroen markalari ostida ham ishlab chiqarilgan. 
Avtomobil sotuvga chiqqanidan buyon, taxminan, 50 ming nusxa sotilgan. i-MiEV'ning muvaffaqiyatsiz savdosiga uning yuqori narxi ham sabab bo‘ldi. Mashinaning narxi ba’zi mamlakatlarda 40 yoki 50 ming dollarga yetdi. Shuningdek, modelning debyutidan keyingi davrda rivojlangan zaryadlovchi stansiyalar tarmog‘ining yo‘qligi ham mashinaning "peshonasi sho‘r"ligiga sabab bo‘lgan. Shunga qaramay, u keyingi o‘n yillikda avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish yo‘nalishini belgilab berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing