Misrning Isroil bilan chegarasidagi shaharga raketa tushdi
Olam
−
27 Oktabr 2023 8976 1 daqiqa
Misrning Isroil bilan chegaradosh hududda joylashgan Taba shahridagi tez yordam binosiga raketa kelib tushdi. Bu haqda “Sky News Arabia” xabar berdi.
Aytilishicha, tez yordam binosiga raketa tushishi oqibatida olti kishi jarohatlangan. Tibbiyot muassasasi ma’muriyati xodimlari uchun mo‘ljallangan turar-joy binosi ham raketa hujumiga uchragan.
Voqea joyiga yetib kelgan xavfsizlik kuchlari raketa qayerdan kelganini aniqlash uchun dastlabki tergovni boshlagan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 22 oktyabr kuni Isroil tanki Kerem Shalom aholi yashash punkti yaqinidagi chegaraga yaqin bo‘lgan Misr postini ham o‘qqa tutgan. O‘shanda Isroil mudofaa kuchlari o‘q tasodifiy bo‘lganini ma’lum qilib, voqea yuzasidan Misr tomoniga afsus bildirgan va tergov boshlanganini e’lon qilgan. Misr rasmiylari ham voqeani baxtsiz hodisa deb atagan. O‘shanda Isroil tanki snaryadining bo‘laklari qo‘riqlash minoralaridan biriga kelib tushgan, bir qancha chegarachilar yengil jarohat olgan.
Live
Barchasi