Misrda oltin barg bilan qoplangan 4300 yillik mumiyo topildi
Bu qiziq
−
27 yanvar 2023
12684Misrda 4300 yil oldin sarkofag ichidan oltin barg bilan qoplangan mumiyo topildi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, mumiyolangan Gekashepes ismli odamning qoldiqlari Misrdagi eng qadimgi qirollik oilasiga mansub bo‘lmagan jasadlardan biridir. U Qohira janubidagi Sakkara shahrining qabristonidan topilgan. Qabr 15 metr chuqurlikda joylashgan.
Shuningdek, qabr yonidan yana 3 ta oddiy maqbaralar topilgan. Maqbaraning eng kattasi ruhoniy hamda zodagonlarning nazoratchisi Xnumdjedef ismli odamga tegishli ekanligi aniqlangan. Yana biri Meri ismli odamga tegishli bo‘lib, u pospon unvoniga ega bo‘lgan saroy amaldori bo‘lgan. Uchinchi maqbarada esa Fetek ismli qozi, yozuvchi lavozimida ishlagan amalorning dafn etilgani tahmin qilinmoqda.
Misrning sobiq qadimiy asarlar vaziri, arxeolog Zaxi Xavassning aytishicha, barcha qabrlar miloddan avvalgi XXV-XXII asrlarga tegishli.
“Bu kashfiyot shohlarni ularning atrofida yashovchi odamlar bilan qay darajada bog‘liqligini bilishga katta yordam beradi”, - deydi qazishmada ishtirok etgan arxeolog Ali Abu Deshish.
Ma’lumot uchun, Sakkara 3000 yildan ortiq vaqt davomida faol bo‘lgan va YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan shahardir. U qadimgi Misr poytaxti Memfisda joylashgan bo‘lib, o‘ndan ortiq piramidalar, bir tunelda joylashgan ko‘plab qabristonlar makoni hisoblanadi.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi