Misrda fir’avnlar davriga oid “Oltin shahar” topildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Sobiq Misr Arxeologiya vaziri, mashhur olim Zaxi Havvas boshchiligidagi arxeologlar guruhi Nil daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi Luksor yaqinida yo‘qolib ketgan “Oltin shahar”ni topdi. Shundan so‘ng mamlakatning Turizm vazirligi uni Misrda topilgan eng qadimiy manzil, deya e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, shahar miloddan avvalgi 1391-1353-yillarda hukmronlik qilgan mashhur XVIII sulolaning to‘qqizinchi Fir’avn Amenxotep III davrida qurilgan. “Oltin shahar” fir’avnlar Amenxotep IV, Tutanxamon va uning vorisi Fir’avn Ey davrida ma’lum bo‘lgan va o‘z zamonasining yirik ma’muriy hamda iqtisodiy markazi xisoblangan.

“Ko‘plab arxeologlar jamoasi bu shaharni izlab topishga uringan, ammo harakatlar besamar bo‘lgandi”, deydi Xavvas.

Baltimordagi Jons Xopkins Universiteti Misrshunoslik professori Betsi Brayanning so‘zlariga ko‘ra, yo‘kolgan shaxarning topilishi Tutanxamon qabridan keyingi ikkinchi yirik arxeologik kashfiyotdir. Bu qadimgi misrliklar hayotining turli qirralariga oydinlik kiritadi. Ehtimol, ushbu kashfiyot yana bir muhim sirni ochishi mumkin.

Eslatib tamiz, Misr arxeologlari o‘tgan yilning sentabr oyida Tutanxamon dafn qilingan yerni topish ilinjida Medinat Abu, Amenxotep III va Ramzes III ibodatxonalari orasidagi hududda qazish ishlarini boshlagandi. Dastlabki haftalarda ular g‘ishtdan ishlangan buyumlarni topishga muvaffaq bo‘lgan. 

“Missiya qazish ishlari olib borilayotgan joylar devorlarining deyarli to‘liq parchalari saqlanib qolgani va uy-ro‘zg‘or buyumlari bo‘lgan xonalari yaxshi holatda saqlaniyu qolgani barchani hayratga soldi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Tarixiy dalillarga ko‘ra, shahar hududida Amenxotep III ning uchta saroyi, ma’muriy va iqtisodiy markazlar bo‘lishi kerak edi. Yetti oylik izlanishlardan so‘ng arxeologlar ma’muriy hudud va turar-joy binolari, novvoyxona va oziq-ovqat saqlash uchun boshqa binolarni, qurilish ishlari uchun loydan g‘isht ishlab chiqaradigan ustaxona va hunarmandchilik xonalarini topishga muvaffaq bo‘lgan. 

 

Bokirxon Qosimxonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

260

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing