Mishustin Rossiya iqtisodi qachon o‘ziga kelishini aytdi

Olam

image

Rossiya iqtisodiyoti barqaror holatga qaytishi uchun bir yildan sal ko‘proq vaqt ketishi mumkin.  Bu haqda bugun, 6 oktyabr kuni  Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin “II Kaspiy iqtisodiy forumi”ning yalpi majlisida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

"Biz bir yildan sal ko‘proq vaqt ichida Rossiya iqtisodiyoti barqaror o‘sish sur’atlariga qaytadi, deb kutmoqdamiz. 2024-2025 yillarda esa yalpi ichki mahsulot o‘sishda davom etadi, bu birinchi navbatda ichki talab, iste’mol va investitsiyalar o‘sishi hisobiga va strategik ustuvorliklarni amalga oshirishga qaratilgan”, deydi Bosh vazir Mishustin.

U shuningdek, o‘z nutqida eksport-import oqimlarini qayta yo‘naltirish, texnologik suverenitetni mustahkamlash, xususiy investitsiyalar va moliya bozorini qo‘llab-quvvatlash hamda transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirishni nazarda tutganini tushuntirib o‘tdi. 

"Biz sanksiyalar uzoq muddatli bo‘lishidan kelib chiqamiz. Asosiy vazifa fuqarolarimiz manfaatlarini himoya qilish va iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirishdir. Biz ehtimoliy xavflarni hisoblab chiqishda va qarshi vositalardan foydalanish oqibatlarini yumshatishda, mavjud vositalarni takomillashtirish va qo‘shimcha javob mexanizmlarini ishlab chiqishda davom etamiz”, deb ishontirdi Rossiya Bosh vaziri.

Qayd etish kerakki, joriy yilning 24 fevral kuni Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli hujum boshlagach, Yevropa Ittifoqi, Amerika Qo‘shma Shtatlari,  Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan, Shveysariya, Yangi Zelandiya va Avstraliya mamlakatlari RFga qarshi mislsiz sanksiyalar qo‘lladi.

Cheklovlar Rossiya iqtisodining barcha tarmoqlariga ta’sir qildi. Rossiya bilan savdo-sotiq cheklanib, rus banklari xalqaro to‘lov tizimlaridan uzib qo‘yildi. Bu esa mamlakat iqtisodining o‘sishini sekinlashtirdi.

Oysha Turg‘unpo‘latova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

186

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing