Mishustin G‘arbni ochiqcha o‘g‘rilikda aybladi

Olam

image

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin G‘arb tomonidan Rossiya valyuta zaxiralarini muzlatib qo‘yilishini o‘g‘irlikka tenglashtirdi. Bu haqda u “Rossiyada ishlab chiqarilgan” xalqaro eksport forumida aytib o‘tdi.

“Do‘st bo‘lmagan davlatlar yangi sanksiyalar paketini joriy qilib, sanoatimizga, moliyaviy tizimimizga imkon qadar ko‘proq zarar yetkazishga, ishbilarmon doiralarni qo‘rqitishga harakat qilishdi. Oddiy qilib aytganda, Rossiyaning yuzlab milliard dollarlik valyuta zaxiralari o‘g‘irlangan. Gaz transporti infratuzilmasi terroristik hujumlarga uchradi”, deydi Vazirlar Mahkamasi rahbari.

Mishustinning ta’kidlashicha, birgalikda ishlashning ilgari e’lon qilingan va o‘zgarmas qoidalari G‘arb vakillari tomonidan ochiqchasiga e’tiborga olinmayapti.

“Biz endi halol raqobat haqida gapirmayapmiz – ko‘plab qarorlar asosida ochiq proteksionizm (davlatning ichki bozorni chet el raqobatidan himoya qilish va tovar ishlab chikaruvchilarning tashqi bozorga chiqishini rag‘batlantirishga qaratilgan iqtisodiy siyosati – taxr.) yoki turli xildagi vaqtinchalik siyosiy vazifalar yotibdi”, deydi Bosh vazir.

Shuningdek, u Rossiyaning raqiblarini ochiq iqtisodiyotda ko‘plab bozorlar o‘zaro bog‘langani ham to‘xtata olmaganini ta’kidlagan. Buning oqibatida, u bu harakatlarning barchasi raqiblarning o‘ziga ta’sir qilganini, jumladan, gaz va elektr energiyasi, benzin va non narxining oshganini ta’kidlagan.

“Yaqin vaqtgacha yashil texnologiyalar bilan faxrlanib kelgan rivojlangan dunyoning ko‘plab davlatlari energiya manbai sifatida ko‘mirga qaytmoqda”, deydi Mishustin.

Hukumat rahbari Rossiyani global savdodan chetlashtirish g‘oyasi bema’ni ekanini qo‘shimcha qilib o‘tgan. 

“Mamlakatimiz qadim zamonlardan buyon uning muhim tarkibiy qismi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Jahon sanoatini Rossiya resurslari va tovarlarisiz tasavvur qilish qiyin”, deya xulosa qilgan Bosh vazir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

238

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made