Navoiyda ayanchli YTH. Yo‘lni kesib o‘tayotgan shifokor qurbon bo‘ldi
3-sahifa
−
11 Oktabr 2020
17768Navoiyda tezlikni oshirgan Nexia haydovchisi belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda-shifokorni urib yuborgan. Natijada u shifoxonada vafot etgan. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 6 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Piyoda Navoiy viloyati Qiziltepa tumani "Bo‘ston" MFY hududida tuman markaziy shifoxonasi qarshisidagi chorrahada yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uning yoshi 49 da, kasbi shifokor edi. Yugurib o‘tishi oqibatida tezlikni oshirib kelayotgan Nexia haydovchisi uni urib yuborgan.
Qattiq zarb oqibatida piyoda svetofor ustuniga borib urilgan. Oqibatda uning boshi jarohatlangan va oyog‘i singan. So‘ng u shifoxonaga yuborilgan.
Shifoxonada birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, jabrlanuvchi vafot etgan.
Ma’lumot uchun, tumanda holat yuzasidan jamoatchilik ishtirokida muhokama tashkil etilgan. Harakat ishtirokchilariga piyoda va haydovchining majburiyatlari tushuntirilgan.
LiveBarchasi