Rossiyadan yana 922 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi
Jamiyat
−
03 Sentabr 2020
5722Rossiya Federatsiyasidan qariyb ming nafar O‘zbekiston fuqarolari Samarqandga olib kelindi. Ularning barchasi viloyatdagi karantin markaziga joylashtirilgan. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Joriy yilning 31 avgust kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 922 nafar o‘zbekistonliklar bilan “Kinel” stansiyasidan O‘zbekistonga yo‘lga chiqqan edi. Ushbu poyezd kecha, 2 sentyabr kuni Samarqand shahriga yetib keldi. Ushbu reysda kelgan fuqarolarning barchasi avtobuslarda viloyatdagi karantin zonalariga olib borilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federasiyasining Samara viloyatidan olib kelish uchun “Toshkent – Kinel –Toshkent” temir yo‘l reyslari tashkil etilgan.
LiveBarchasi