Mirziyoyevning joriy haftadagi ish jadvali e’lon qilindi
Jamiyat
−
31 Oktabr 2022
8889Bugun, 31 oktyabr kunining ikkinchi yarmida O‘zbekiston Prezidenti hudud va tarmoqlarda energiya tejamkorligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan soha mutasaddi rahbarlarining taqdimoti bilan tanishadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Shuningdek, mazkur hafta davomida:
• iqtisodiyot tarmoqlariga berilayotgan imtiyozlar samaradorligini o‘rganish natijalari yuzasidan muhokama;
• mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish borasida mavjud imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar etish yuzasidan kengaytirilgan majlis;
• odil sudlovni ta’minlash hamda sud islohotlarini yanada takomillashtirish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Alohida qayd etilishicha, boshlangan hafta tashqi siyosiy masalalarda ham qator tadbirlar bor.
1 noyabr kuni Prezident Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok boshchiligidagi delegatsiyani qabul qiladi. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar istiqboli, savdo-iqtisodiy yo‘nalishlardagi hamkorlik muhokama qilinadi va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
3 noyabr kuni esa, davlat rahbarining BAA hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.
LiveBarchasi