Mirziyoyevning Sankt-Peterburgga safari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Jamiyat
−
27 dekabr 2021
10508Avvalroq 28 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga borishi haqida xabar bergan edik.
Prezident Matbuot xizmati davlat rahbarining safari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan o‘tkaziladigan tadbir kun tartibidan MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar o‘rin olgan.
Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashishlari kutilmoqda.
LiveBarchasi