Mirziyoyevga Yevropadan ham tabriklar keldi

Jamiyat

image

Kecha, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 68 yoshga to‘ldi.  Uning tavallud kuni munosabati bilan dunyoning turli burchaklaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Xususan, Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni ham Prezidentga tabrik yo‘lladi.

“Menga va men boshchiligimdagi delegatsiyaga O‘zbekistonga so‘nggi tashrifim chog‘ida ko‘rsatilgan samimiy qabul uchun Sizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Ayniqsa, Samarqand kabi tarixi boy va ming yillik madaniyat timsoli bo‘lgan shaharning go‘zalligini o‘z ko‘zim bilan ko‘rish baxtiga musharraf bo‘lganimdan juda mamnunman. Bu imkoniyat Siz va o‘zbek xalqi tomonidan ko‘rsatilgan buyuk mehmondo‘stlik tufayli amalga oshdi”, deyiladi Melonining tabrigida.

Shuningdek, Bosh vazir o‘zaro manfaatli barcha masalalar yuzasidan samarali muhokamalar o‘tkazilganidan mamnunligi va minnatdorligini bildirgan. U ikki mamlakatni bog‘lab turuvchi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash maqsadida ish olib borilayotganini ta’kidlagan. Imzolangan kelishuvlar soni va ahamiyati, shubhasiz, ikki tomonlama hamkorlik chuqurligi va keng qamrovli ekanidan dalolat berishi, uni yanada kengaytirish niyatida ekanini qayd etgan.

“Shu munosabat bilan, oldin belgilab olgan harakatlar rejasiga muvofiq, muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha amaliy ishlar boshlanganidan xursandman. Xususan, Strategik muloqot va Qo‘shma komissiyani belgilash, shuningdek, muhim sohalar, jumladan, madaniyat, kasbiy tayyorgarlik, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlar olib borilayotgani haqidagi yangiliklar meni mamnun qildi”, deyiladi tabrikda.

Italiya hukumati rahbari bu ishlar amalga oshirilishida qat’iy harakat qilib, ularni muvaffaqiyatli bajarish orqali O‘zbekiston kabi o‘ziga xos sherik bilan strategik aloqalarni mustahkamlash va yanada rivojlantirish niyatida ekanini bildirgan. Shu bilan birga, mintaqaviy hamkorlik sohasidagi faoliyatni ham qo‘llab-quvvatlagan. Shu munosabat bilan “1+5” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etgani uchun Mirziyoyevga yana bir bor minnatdorlik bildirgan.

“Yana uchrashish umidida, ushbu imkoniyatdan foydalanib, Sizga samimiy tilaklarimni va tug‘ilgan kun munosabati bilan tabrigimni izhor etaman.
Siz bilan tez orada yana ko‘rishishga umid qilaman!” deyiladi Jorjiya Melonining tabrik maktubida.

Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta esa Mirziyoyevga yo‘llagan tabrigida Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” birinchi sammitining muvaffaqiyatini ta’minlashdagi hal qiluvchi roli uchun O‘zbekiston rahbariga o‘z minnatdorligini bildirgan. 

“Ushbu muhim sammit Xalqaro iqlim forumi bilan birgalikda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi strategik sheriklikda, O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama munosabatlarimizda yangi va muhim sahifa ochdi. Sizning rahbarligingizda bizga ko‘rsatilgan olijanob va e’tiborli mehmondo‘stlik barcha ishtirokchilar tomonidan yuksak baholandi hamda chinakam unutilmas va mazmunli Sammitning muvaffaqiyatli o‘tishiga xizmat qildi.

Endi kelajakka ishonch va shijoat bilan qarayapmiz. Yevropa Ittifoqining “Global darvoza” strategiyasi doirasida innovatsiyalar, “yashil” energetika, muhim materiallar, transport va logistika, raqamlashtirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va o‘zaro bog‘liqlik kabi ustuvor sohalarni qamrab olgan umumiy kun tartibi chuqur hamkorlik va fuqarolarimiz uchun sezilarli natijalarga mustahkam asos yaratadi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning ko‘p qirrali hamkorligi, ayniqsa, iqlim sohasidagi global maqsadlarni ilgari surish, mamlakatingizning barqaror rivojlanish va mintaqaviy muloqot masalalarida yetakchiligi uchun Yevropa Ittifoqi nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman”, deydi Koshta.

U Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarda yana bir muhim bosqichni boshlab beradigan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash uchun Mirziyoyevni Bryusselda qutlash imkoniyatini intiqlik bilan kutayotganini qayd etgan. Koshta uchrashuv strategik muloqotni davom ettirish, shuningdek, mushtarak qadriyatlar va umumiy maqsadlar asosiga qurilgan sheriklikni ilgari surish yo‘lida birgalikda ishlash uchun qulay imkoniyat yaratishiga ishonch bildirgan.

“Tavallud kuningiz munosabati bilan Sizga o‘zimning eng samimiy tabriklarim va ezgu tilaklarimni izhor etishga ijozat bergaysiz. 
Shuningdek, tug‘ilgan kunim munosabati bilan yo‘llagan maktubingizdagi ezgu tilaklaringiz uchun chuqur minnatdorligimni bildirmoqchiman”, deb yozgan Yevropa Kengashi Prezidenti.

Shuningdek, quyidagilar ham Prezident Mirziyoyevga o‘z tabriklarini yo‘llagan:

  • Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin,
  • Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin,
  • Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev,
  • Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov,
  • Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon,
  • Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,
  • Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov,
  • Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,
  • Belarus Respublikasidan Aleksandr Lukashenko,
  • Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an,
  • Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi,
  • Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon,
  • Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux,
  • Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta,
  • Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella,
  • Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Jorjiya Meloni,
  • Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musar,
  • Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich,
  • Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident devoni raisi Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon,
  • Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon,
  • Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev,
  • Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko,
  • Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin,
  • Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev,
  • Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan,
  • Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Nurlan Yermekbayev,
  • Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev,
  • Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedev,
  • Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Xon,
  • Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati Raisi Bakitjan Sagintayev,
  • Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso,
  • Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef,
  • Yevroosiyo taraqqiyot banki boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov,
  • Xitoy eksport-import banki boshqaruvi raisi Chen Xuayuy,
  • Ipak yo‘li fondi raisi Chju Szyun,
  • Moskva va Butun Rus patriarxi Kirill,
  • Kavkaz musulmonlar idorasi raisi Ollohshukur Poshshozoda,
  • Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer,
  • Yevroparlamentning Fransiyadan saylangan deputati Terri Mariani,
  • AQSH Kongressi a’zolari Trent Kelli va Kerol Miller,
  • Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov,
  • Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov,
  • Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm.

Ma’lumot uchun, 4 aprel kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti bo‘lib o‘tgandi. 28-29 may kunlari esa Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorjiya Melonining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi bo‘lgandi


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Jorjiya Meloni Antoniu Koshta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing