Mirziyoyevdan Kaptiva olgan bog‘bon vafot etdi

Olam

image

Bugun, 4 oktyabr kuni asli Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidan bo‘lgan Tojikistondagi “Bog‘i somon” dehqon xo‘jaligi rahbari Kamol hoji Madumarov 80 yoshida vafot etdi. 

Shu munosabat bilan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon marhumning to‘ng‘ich o‘g‘liga telefon qilib, hamdardlik bildirdi.
Kamol Madumarov hayoti davomida Tojikiston qishloq xo‘jaligi sohasiga katta hissa qo‘shdi. O‘z tajriba va mahorati bilan bog‘dorchilik va uzumchilikni rivojlantirdi.

U 500 gektardan iborat “Bog‘i somon” dehqon xo‘jaligida “Husayni”, “Rizamat”, “Kattaqo‘rg‘on”, “Kelin barmoq” kabi hosildor uzum navlarini yetishtirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 27 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga tashrifi davomida Emomali Rahmon bilan Tursunzoda shahridagi “Bog‘i somon” va “Vatan” dehqon xo‘jaliklariga tashrif buyurib, ikki nafar dehqonga avtomashina sovg‘a qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev Kamol Madumarov sovg'a olgan

Baholaganlar

282

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar