Mirziyoyev JSTning yangi bosh direktoriga tabrik yo‘lladi. O‘zbekiston tez fursatda tashkilotga a’zo bo‘lmoqchi
Jamiyat
−
18 fevral 2021
14520O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Ivealaga lavozimiga tayinlangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari o‘z maktubida yangi bosh direktor rahbarligida ushbu tashkilotning o‘rni va nufuzini oshirish borasidagi samarali islohotlar amalga oshirilishi hamda global inqirozni bartaraf etish va xalqaro savdo munosabatlari tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilishiga ishonch bildirgan.
O‘zbekiston tez fursatda JSTga a’zo bo‘lishi masalasida yaqindan hamkorlikni davom ettirish muhim ekani alohida ta’kidlandi.
LiveBarchasi