Mirziyoyev yirik zavodni ishga tushirish uchun Qashqadaryoga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 25 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Uzbekistan GTL” zavodining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

Ushbu majmua O‘zbekistonda yangi sanoat davrining ifodasi, deb baholanmoqda. Yangi zavodda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqariladi.

Tashrif chog‘ida Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasiga ham tamal toshi qo‘yiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

507

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing