Mirziyoyev YeXHT raisi va Pokiston Bosh vaziri bilan muloqot o‘tkazadi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokidagi maxsus brifing yaunlandi. Unda Shavkat Mirziyoyevning kelasi hafta uchun rejalari ma’lum qilindi.

Tadbirda kelasi haftada bo‘ladigan rasmiy tadbir haqida ham ma’lum qilindi. Jumladan, 13-14 aprel kunlari O‘zxbekistonga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Ann Kristin Lindening tashrifi kutilmoqda.

“Mamlakatimiz ushbu muhim mintaqaviy tashkilot bilan hamkorlikni kengaytirishga qat’iy intiladi. O‘zbekiston, shuningdek, Shvetsiya bilan barcha sohalarda konstruktiv muloqot va o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlashdan manfaatdor. Bu aloqalar so‘nggi yillarda faollashib, o‘tgan yil noyabrda va bu yil fevralda siyosiy mashalahatlashuvlar o‘tkazildi. Ann Kristin Lindening tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘taradi”, deydi Sherzod Asadov.

Ann Kristin Lindening Prezident tomonidan qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, kelayotgan hafta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bilan videomuloqoti rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreya va Rossiyaga tashrifi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing