Mirziyoyev YeXHT vakili Ouen Merfi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 22 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (DIIHB) mamlakatdagi Prezident saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Ouen Merfi bilan uchrashdi.

Byuro Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining yetakchi institutlari biri bo‘lib, uning faoliyati insonning asosiy huquq va erkinliklariga rioya etilishini ta’minlash, demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini mustahkamlashga ko‘maklashish masalalarini qamrab oladi.

DIIHB mamlakatdagi Prezident va parlament saylovlarini kuzatishda 1999 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. 2016 yil dekabr oyida Byuro ilk bor O‘zbekistonga davlat rahbari saylovini kuzatish uchun o‘zining to‘laqonli missiyasini yo‘lladi.

Bu galgi Prezident saylovini kuzatish uchun ham huddi shunday delegatsiya O‘zbekistonga keldi. Ushbu birlashgan xalqaro missiya tarkibiga Byurodan, YeXHT Parlament assambleyasidan va Yevroparlamentdan kuzatuvchilar kirgan.

Uchrashuvda demokratik yangilanishlarni amalga oshirish, saylov qonunchiligi va saylov jarayonlarini takomillashtirish, shuningdek, bo‘lajak muhim siyosiy tadbirni xalqaro norma va standartlarga muvofiq tayyorlash va o‘tkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzodning saylovoldi platformasidagi ustuvor yo‘nalishlar ham ko‘rib chiqildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing