Mirziyoyev “Yagona Xitoy” siyosati va “uch yovuz kuch”ga qarshi kurashni yoqlashini aytdi
Jamiyat
−
29 aprel 2021 15506 1 daqiqa
Avval xabar berilganidek, bugun, 29 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Prezident Matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev “Yagona Xitoy” siyosatini hamda “uch yovuz kuch” – terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarni doimo qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidlagan.
Shuningdek, suhbatda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi samarali muloqot, shu jumladan mintaqada muhim infratuzilmaviy loyihalarni, ular qatorida “XXR – Qirg‘iziston - Xitoy” avtomobil va temir yo‘llarini qurish loyihasini ilgari surish ishlari davom etayotgani qayd etilgan. O‘zbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash bo‘yicha taklifi qo‘llab-quvvatlangan.
Yetakchilar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida to‘xtalgan.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr