Mirziyoyev Vuchich va Orbanga tabrik yo‘lladi

Jamiyat

image

Bugun, 4 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichni ushbu lavozimga qayta saylangani bilan qutladi.

Shuningdek, davlat rahbari Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanga u rahbarlik qilayotgan partiya  parlament saylovida g‘alaba qozongani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. 

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Vuchich Serbiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida birinchi turdayoq g‘alaba qozonganini e’lon qildi. 

“Bizning ma’lumotlarimizga ko‘ra, men 59,8 foizdan 60,1 foizgacha ovoz to‘pladim. Men Serbiyada hech kim uddalamagan ishni qilishga muvaffaq bo‘ldim. Men ikki marta birinchi turda g‘alaba qozongan yagona odamman”, degan u Serbiya Progressiv partiyasi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Bundan tashqari, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban parlament saylovlarida qatorasiga to‘rtinchi bor g‘alaba qozondi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, Orbanning alyansi “Fides - Vengriya fuqarolar ittifoqi” ovozlarning uchdan ikki qismini qo‘lga kiritib, parlamentda 135 o‘ringa ega bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing