Mirziyoyev va Si Szinpin muzokara o‘tkazmoqda

Jamiyat

image

Bugun, 5 fevral kuni Xitoy poytaxti Pekinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, XXR Raisi Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevga qadar Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan ham uchrashgan.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev kecha, 4 fevral kuni Pekin shahrida  XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan edi.

Tadbir xorijiy davlatlar yetakchilari, rasmiy delegatsiyalar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Pekindagi “Qush uyasi” milliy stadionida bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing