Mirziyoyev va rafiqasi Seuldagi milliy qabristonga bordi
Jamiyat
−
17 dekabr 2021
24827Bugun, 17 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seuldagi milliy qabristonga tashrif buyurib, marhumlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatdi.
Bu yerda Koreya mustaqilligi uchun kurashgan hamda urushlarda halok bo‘lgan insonlar, mamlakat rivojiga katta hissa qo‘shgan davlat va jamoat arboblari dafn etilgan. Shu bois u tabarruk qadamjo sifatida e’zozlanadi. Xorijiy davlatlar rahbarlarining bu yerga kelishi koreys xalqiga hurmat ifodasi hisoblanadi.
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida mazkur qabristondagi yodgorlik poyiga gulchambar qo‘ydi va esdalik bitigi qoldirdi. Bu bitik majmua muzeyidan joy oladi.
Davlat rahbari Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozdi.
LiveBarchasi