Mirziyoyev va Elboshi Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Jamiyat

image

Bugun, 20 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi yuqori sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo va yuk tashishlar hajmi orti bormoqda, aviaqatnovlar to‘liq tiklandi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni yanada ko‘paytirish muhim ekani ta’kidlandi.

Afg‘onistondagi vaziyatni hisobga olgan holda xalqaro va mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing