Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga qasamyod qildi

Jamiyat

image

Bugun, 6 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining yangi binosida Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimi boshlandi. 

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 92-moddasiga binoan, O‘zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev quyidagicha qasamyod qabul qildi.

“O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Qonunchilikka ko‘ra, Prezident Oliy Majlis palatalari yig‘ilishida qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi.

Inauguratsiya Senatning (parlament yuqori palatasi) yangi binosida bo‘lib o‘tmoqda. O‘tgan safar – 2016 yilning 14 dekabrida ushbu marosim Qonunchilik palatasi (parlament quyi palatasi) binosida bo‘lib o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 oktyabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti saylovining natijalariga ko‘ra, O‘zLiDep nomzodi Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. 

Ma’lumot uchun, saylovda ishtirok etgan nomzodlar quyidagicha ovoz to‘pladi:

•  O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Bahrom Abdurahimovich Abduhalimov – 3,4 foiz;

•  O‘zbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Narzullo Naimovich Oblomuradov – 4,1 foiz;

•  O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Alisher Keldiyevich Qodirov – 5,5 foiz;

•  O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maqsuda Azizovna Varisova – 6,6 foiz;

•  Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev – 80,1 foiz.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

177

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing