Mirziyoyev Umra ziyoratini amalga oshirdi (fotoreportaj)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida muqaddas Makka shahrida ham bo‘lib, Umra amallarini bajardi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari din arkonlariga muvofiq ehromga kirib, namoz o‘qigan, talbiya aytib, Masjidul Haramga borgan.

“Ma’lumki, Ka’batullohning ichiga kirish musulmonlar orzu qiladigan ulug‘ sharafdir. Prezidentimiz ana shunday sharafga muyassar bo‘lib, Ka’batullohning ichida namoz o‘qidi”, deyiladi xabarda. 

So‘ng, Baytulloh atrofida yetti bor tavof, Safo va Marva tepaliklari orasida yettita sa’y qilingan.

O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari, ulamo va ziyolilar bilan birgalikda yurtga tinchlik va taraqqiyot, xalqga salomatlik va farovonlik tilab duolar o‘qigan.












Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

447

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing