Mirziyoyev to‘satdan ko‘zbo‘yamachilik uchun tayyorlanmagan mahallaga kirib bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 13 dekabr kuni Uchtepa tumaniga tashrifi davomida “Toshkent issiqlik markazi” korxonasining Chilonzor issiqlik markazini borib ko‘rdi.

Ushbu majmua 1969 yilda qurilgan. Qozonxona 700 Gkal quvvatga ega. Markaz 921 ta ko‘p qavatli uy va 100 dan ortiq ijtimoiy soha ob’ektlariga issiqlik quvvati yetkazib beradi. 

“So‘nggi kunlarda ob-havoning keskin sovib ketishi oqibatida gaz bosimining pastligi kuzatilmoqda. Bu isitish darajasiga salbiy ta’sir qilmoqda.Chilonzor issiqlik markazida ham uskuna va tarmoqlar eskirgan. Issiqlikni uzatishda yo‘qotishlar bor.Shu bois bu boradagi zaruriy chora-tadbirlar muhokama qilindi”, deb yozmoqda Prezidenti Matbuot xizmati.

Davlat rahbari issiqlik ishlab chiqarishning muqobil manbalarini izlash, quvurlar va uylarda haroratni asrash zarurligini ta’kidlagan. 

Toshkent shahri tumanlariga elektrda ishlaydigan 2 megavattli stansiyalar olib kelib, qo‘shimcha issiqlik quvvatlari yaratish taklifi ma’qullandi. Bunday bitta qurilma 1 ming 340 ta xonadonga issiqlik yetkazib beradi. Ishlab chiqarish xarajati kamligi evaziga narx oshmaydi.

Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda shu yerdagi Shirin mahallasini kirib ko‘rgan. Aholi xonadonlarida bo‘lib, turmush sharoitlari, issiqlik ta’minoti bilan qiziqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

796

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing