Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
29 aprel 2021 4937 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 aprel kuni amaliy tashrif bilan Ashxobodga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati yozmoqda.
Ma’lum qilinishicha, davlat rahbarlarining uchrashuvida ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Ashxoboddagi “Turkmanboshi ruhi” majmuasida xotira tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi