Mirziyoyev Turkmanistonga yetib bordi (fotoreportaj)

Jamiyat

image

Bugun, 3 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevni aeroportda turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kutib olgan hamda mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Turkmaniston poytaxtida O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlarining uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing