Mirziyoyev Turkiy kengashda Alisher Navoiy nomidagi mukofot ta’sis etishni taklif qildi
Jamiyat
−
31 mart 2021
3179O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 31 mart kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining videoanjuman shaklida o‘tgan norasmiy sammitida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Alisher Navoiyning turkiy dunyo ma’naviy-marifiy hayotiga qo‘shgan beqiyos hissasini inobatga olib, Shavkat Mirziyoyev fan, ta’lim, adabiyot, san’at, ijtimoiy sohalardagi yutuqlar hamda turkiy dunyo birligini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarni rag‘batlantirish maqsadida Turkiy kengash doirasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis qilishni taklif etgan.
O‘zbekiston Prezidentining tashabbuslari sammit ishtirokchilari tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlangan.
Oliy darajadagi uchrashuv yakunida Turkiston deklaratsiyasi qabul qilinib, unda norasmiy sammitda erishilgan asosiy kelishuvlar aks etgan.
Turkiy kengashning sakkizinchi sammitini 2021 yilning kuzida Turkiya Respublikasida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
LiveBarchasi