Mirziyoyev To‘qayevni 69 yoshi bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, birodar Qozog‘istonga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan.

O‘zbekiston-Qozog‘iston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etgan.

“Joriy yil boshidan o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari barqaror oshib bormoqda. Yaqinda mamlakatlarimiz o‘rtasida temir yo‘lda yo‘lovchi tashish qayta tiklandi. Kuni kecha O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalari o‘tkazgan muzokaralarning amaliy natijalari yuqori baholandi. Qo‘shma kooperatsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish muhim ekani ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, ikki mamlakat yetakchilari xalqaro kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashgan.

Ma’lumot uchun, To‘qayev bugun 69 yoshni qarshiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing