Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvga tayyorlanyapti

Jamiyat

image

Joriy yilning 18 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bunday tadbir mamlakat tarixida ilk marotaba o‘tkazilayotgan bo‘lib, unda sohani yanada rivojlantirish, tizimli muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari muhokama qilinadi, tibbiyot xodimlarining takliflari eshitiladi. 

Sherzod Asadovga ko‘ra, ochiq muloqotga tayyorgarlik doirasida tibbiyot xodimlari va aholidan 25 mingdan ortiq murojaat hamda takliflar kelib tushgan. 

“Ular tahlil qilinib, “Inson qadri uchun” degan g‘oya asosida yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va xalqimizga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligi va sifatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar ishlab chiqildi”, deyiladi xabarda.

Uchrashuvda sohaning barcha bo‘g‘inlaridan 10 ming nafardan ziyod xodim ishtirok etishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

234

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing