Mirziyoyev Turkmanistonning sobiq Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
Jamiyat
−
07 noyabr 2022
4013Bugun, 7 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqotda O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.
Suhbat boshida davlat rahbari Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga o‘zining samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini bildirgan.
Shuningdek, suhbatda Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 20-21 oktyabr kunlari Turkmanistonga bo‘lgan rasmiy tashrifi davomidagi oliy darajali uchrashuv va tadbirlarning samarali natijalari yuksak baholangan.
Bundan tashqari, erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni faol parlamentlararo muloqotlar va almashinuvlarni davom ettirish orqali amalga oshirish muhimligi qayd etilgan.
Muloqot davomida shu hafta oxirida Samarqandda o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining kun tartibidagi masalalar ham muhokama qilingan.
LiveBarchasi