Mirziyoyev Si Szinpinni tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga Butunxitoy xalq vakillari yig‘inining 14-chaqiriq birinchi sessiyasida oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarining qutlovida so‘nggi yillarda Xitoy Si Szinpin rahbarligida barcha soha va tarmoqlarda misli ko‘rilmagan natijalarga erishgani, ilmiy-texnologik, innovatsion va ijtimoiy rivojlanishda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgani alohida ta’kidlangan.

Shuningdek, tabrikda ikki xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga XXR Raisining qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi qayd etilgan.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan O‘zbekiston va Xitoyning ko‘p qirrali hamkorligi bundan keyin ham ikki xalq manfaatlari yo‘lida jadal rivojlanib borishiga ishonch bildirilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Si Szinpinga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan zafarlar, do‘st Xitoy xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, bardavom ravnaq va farovonlik tiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing