Mirziyoyev Si Szinpin tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan sammitda ishtirok etadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ertaga, 25 yanvar kuni diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo davlatlari - Xitoy” onlayn sammitida ishtirok etadi.

XXR Raisi Si Szinpin tashabbusi bilan tashkil etiladigan tadbir kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy o‘rtasidagi 30 yillik hamkorlik yakunlari sarhisob qilinadi, ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi va amaliy hamkorlikning istiqbolli sohalari belgilab olinadi.

Onlayn sammit yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilinishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing