Mirziyoyev Shtaynmayerga tabrik maktubini yo‘lladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga uning ushbu lavozimga qayta saylangani munosabati bilan samimiy tabriklar va eng ezgu tilaklar izhor etilgan maktub yo‘lladi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

"Sizning ushbu yuksak lavozimdagi faoliyatingiz O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona va ko‘p qirrali munosabatlarni mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yanada kengaytirishga xizmat qilishiga ishonaman",  deyiladi Prezident Mirziyoyev yo‘llagan maktubda. 

Eslatib o‘tamiz, 13 fevral kuni Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer ikkinchi muddatga Prezident etib saylandi.

GFR Federal yig‘ilishi mamlakat Prezidentini saylash uchun chaqiriladigan maxsus konstitutsiyaviy organ hisoblanadi. Unga Bundestag deputatlari va Germaniya mintaqa parlamentlari tayinlaydigan vakillar kiradi.

Shtaynmayer nomzodini yoqlab 1435 saylovchidan 1045 nafari ovoz bergan. Yig‘ilishning 86 a’zosi betaraf qolgan. Yana 294 kishi boshqa nomzodlarga ovoz bergan. Prezidentlik uchun Shtaynmayerdan tashqari yana uch kishi o‘z nomzodini ko‘rsatgan.

Ma’lumot uchun, 66 yoshli Frank-Valter Shtaynmayer 2017 yil 19 martidan buyon Germaniya Prezidenti lavozimni egallab kelmoqda. O‘shanda siyosatchi Yoaxim Gaukning o‘rnini egallagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made