Mirziyoyev Saudiya shahzodasi bilan uchrashdi
Olam
−
11 noyabr
2911Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 11 noyabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o‘tkazilayotgan navbatdan tashqari Arab-islom sammiti doirasida Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saudni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va “yashil” energetika sohasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Davlat rahbari O‘zbekiston energetika sohasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishda faol ishtirok etayotgan yetakchi ACWA Power kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidladi.
Ikki davlat hududida shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish, shuningdek, “yashil” vodorod ishlab chiqarish loyihalarini tezlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
O‘zbekistonda mahalliylashtirish va korxonalar energiya samaradorligini oshirish jarayonlariga Saudiya Arabistoni kompaniyalari va maslahatchilarini jalb etish yuzasidan kelishuvga erishilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ar-Riyod shahriga yetib borgani haqida xabar berilgandi. Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Ar-Riyod viloyati rahbariyati – shahzoda Muhammad bin Abdurahmon bin Abdulaziz va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgandi.
LiveBarchasi