Mirziyoyev Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
07 Oktabr 2022
6186O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 7 oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi.
Sammitda yetakchilar ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadi.
Tashrif davomida MDH a’zo davlatlar rahbarlari RF Prezidenti Vladimir Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashi ham kutilmoqda. Putin bugun, 7 oktyabr kuni 70 yoshni qarshiladi.
LiveBarchasi