Mirziyoyev Samarqandga safarini aeroportdan boshladi
Jamiyat
−
10 fevral 2022
9011Xabaringiz bor, bugun, 10 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga jo‘nab ketgan edi.
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga keldi va xalqaro aeroportda yaratilayotgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Aeroport qariyb 83 million dollarlik loyiha evaziga yangidan qurilmoqda. O‘tgan yili uchish-qo‘nish yo‘lagi qayta qurilgan edi. Bugungi kunda yangi terminal to‘liq tiklanib, unda pardozlash ishlari olib borilmoqda.
Bir soatda 800 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladigan terminalni kelgusi oyda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi