Mirziyoyev Samarqandda payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) muzeyidagidek muzey ochishni taklif qildi

Jamiyat

image

Bugun, 24 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on oyatlari tilovat etilib, duo o‘qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

“Bu ziyoratgoh buyuk muhaddis bobomizning musulmon olamidagi yuksak hurmatiga munosib tarzda qayta qurilmoqda. Maqbara, ulkan masjid, minoralar, ayvonlar barpo etilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Prezident bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirgan. 

“Bu loyihani ko‘p muhokama qildik, qayta-qayta kelib ko‘rdik. Endi qurilishda ham shoshmaslik kerak. Ham ziyorat, ham ibodat nuqtai nazaridan bu yerda hamma sharoit bo‘lishi zarur”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari majmua yonida Imom Buxoriy hayotini ko‘rsatuvchi elektron muzey tashkil etish taklifini bildirgan.

“Yaqinda Madina shahrida bo‘lganimizda payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning siyratlari va islom sivilizatsiyasi muzeyini ko‘rdik. Bu yerda ham shunga o‘xshash muzey tashkil etsak, yaxshi bo‘lar edi. Unda Imom Buxoriy bobomizning hayoti, ilm yo‘li, o‘sha davr tarixi axborot texnologiyalari orqali ko‘rsatiladi. Bular yoshlar, chet ellik sayyohlarning yaqqol tasavvurida qoladi. Muzey xalqimizga yana bir ma’naviy xazina bo‘ladi”, deydi davlatimiz rahbari.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Qurilish vazirligiga bu borada loyiha tayyorlash topshirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Hazrati Hizr majmuasiga borib, Birinchi Prezident Islom Karimov maqbarasini ham ziyorat qilgan.








Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

152

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made