Mirziyoyev Rossiyaning mahsulotlar eksportiga taqiqini O‘zbekistonga tatbiq etmaslikni so‘radi
Jamiyat
−
27 may 2022
49960Rasmiy Toshkent O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari bozorlariga tovar va xizmatlarning kirishini o‘zaro osonlashtirish muhim deb hisoblaydi hamda tovar va xizmatlar eksporti uchun joriy qilingan cheklovlar mamlakatga tatbiq etilmasligiga ishonadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 27 may kuni videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tayotgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
“Biz oziq-ovqat va xomashyo eksportiga cheklovlarni O‘zbekistonga tatbiq etmaslik masalasida yordamga umid qilamiz”, degan Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 mart kuni G‘arb davlatlari tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarga javoban tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida maxsus iqtisodiy choralarni qo‘llash to‘g‘risidagi farmon imzolandi. Hujjatda 2022 yil 31 dekabrga qadar ayrim mahsulotlar va xomashyolarni (fuqarolar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib o‘tiladigan tovarlar bundan mustasno) respublikadan olib chiqish va unga olib kirishni cheklash yoki taqiqlash ko‘zda tutilgan. Ertasi kuni hukumat ilgari Rossiyaga xorijdan olib kelish, mamlakatdan olib chiqish vaqtincha taqiqlangan tovarlar va uskunalar ro‘yxatini tasdiqladi. U texnologik, telekommunikatsiya, tibbiy asbob-uskunalar, transport vositalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi, elektr jihozlari – jami 200 dan ortiq nomdagi mahsulotlarni o‘z ichiga oladi. YeOIIdagi hamkorlar, tan olinmagan Abxaziya va Janubiy Osetiya davlatlari bundan mustasno. Bundan tashqari, ayrim turdagi yog‘och, o‘g‘itlar, kimyo sanoati uchun xomashyo, g‘alla ekinlari va boshqalar eksporti cheklangan edi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi davlat hisoblanadi.
LiveBarchasi