Mirziyoyev Rossiya Sanoat va savdo vazirini qabul qildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 5 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro “Innoprom” sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun Toshkent shahrida bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, “Innoprom” Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida “ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy ishlanmalarni birgalikda ilgari surish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan eng yirik ko‘rgazma” hisoblanadi. Ushbu tadbir O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazilmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Denis Manturov Shavkat Mirziyoyevga ikki mamlakatning yetakchi sanoat kompaniyalari va bank-moliya institutlari ishtirokida yirik kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha birgalikda amalga oshirilayotgan ishlarning natijalari to‘g‘risida ma’lumot bergan.

Suhbat chog‘ida biznes va hududlar darajasidagi ko‘p qirrali sheriklikni mustahkamlash, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Toshkent shahrida “Innoprom” ko‘rgazmasining muvaffaqiyatli o‘tkazilishi ushbu vazifalarni bajarishga xizmat qilishi ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing