Mirziyoyev Rospotrebnadzor rahbarini mukofotladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Moskvada 2 mart kuni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev Rossiyaning Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati (Rospotrebnadzor) rahbari Anna Popovaga “Mehr-Saxovat” nishonini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, marosim paytida Anna Popova Shavkat Mirziyoyevga yuksak mukofot uchun samimiy minnatdorlik bildirgan.

Ma’lum qilinishicha, pandemiya paytida yetakchi rossiyalik mutaxassislar o‘zbekistonlik hamkasblariga virusga qarshi kurashishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekistonga yuborilgan.

Rospotrebnadzor shuningdek, O‘zbekistonga 140 ming tadqiqot o‘tkazish imkoniyatini beruvchi test to‘plamlarini taqdim etgan. Bu o‘z vaqtida koronavirus infeksiyasini aniqlash va tarqalishining oldini olishda yordam bergan.

Bundan tashqari, ushbu bo‘lim “OITS infosvyaz” va UNAIDS bilan hamkorlikda O‘zbekistonga birlamchi tibbiy-profilaktika, akusherlik, ginekologik, kardiologik va urologik yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan ko‘chma diagnostika majmuasini, shuningdek, OIV hamda COVID-19 kabi xavfli infeksiyalarni tekshirish va aniqlash bo‘yicha xizmatlarni taqdim etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rospotrebnadzor

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar