Mirziyoyev Ozarbayjonga yetib bordi (video)
Jamiyat
−
05 iyul
5258Bugun, 5 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan Shusha shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy Davlatlar Tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga yetib bordi. Bu haqda “Azertac” xabar berdi.
Fuzuliy xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yagub Eyubov, Ozarbayjon Prezidentining Agdam, Fuzuliy va Xo‘javend viloyatlari bo‘yicha maxsus vakili Emin Huseynov hamda Tashqi ishlar vaziri Samir Sharifov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi